O’zbekiston talabalari uchun Xitoyda istiqbolli ta’lim

Xitoydagi ta’lim – kelajak uchun poydevordir! Xitoy tez suratlarda rivojlanayotgan mamlakatdir.  U yerda o’qish nufuzli va qiziqarli. Ko’plab aniq bir maqsadli bolalar maktab yillaridayoq Xitoyda o’qishni orzu qila boshlaydilar. Albatta, bu orzularni ro’yobga chiaqrish uchun yaxshi o’qish, Xitoy va Ingliz tilini ham o’z navbatida o’rganish kerak. Xitoyliklar sobiq SSSR hududida yashovchi barcha talabalarga yaxshi munosabatdalar. Bu maqolamizda biz o’zbekiston talabalari uchun Xitoyda o’qish haqida qisqacha ma’lumot beramiz. Agar sizda qandaydir savol bo’lsa, izoh qoldiring va javob berishdan faqat mamnun bo’lamiz.

O'zbekistonliklar uchun Xitoyda ta'lim

Maqolani o’zbek tilida o’qish uchun ushbu havoladan foydalaning.

O’zbekistonliklar uchun Xitoyda o’qish

Hozirda 5 000 dan ortiq o’zbekistonliklar Xitoyning Pekin, Shanxay, Xanchjou va shu kabi shaharlarida istiqomat qiladi. Har yili O’zbekistondan 2 mingga yaqin talaba Xitoyga o’qishga yuborilmoqdi. Bizning kompaniyamiz O’zbekiston aholisiga g’amxo’rlik qilish va har bir talabaga grant asosida o’qishga imkoniyat yaratish bilan shug’ullanadi. Barcha talabalarning 30%i  ushbu grantlarni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega.

Saytimizda o’zbekistonlik talabalar uchun ham haq to’lanadigan, ham Xitoyga o’qish grantlari taklif etadigan 14 ta universitet mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog’laning.

 

Xitoyda Xitoy va ingliz tillarida o’qish

Xitoy universitetlarida o’qish uchun Xitoy tilini o’rganayotgan talabalarga imtiyoz beriladi. O’zbekistonliklar  Xitoyda nafaqat Xitoy, balkim Ingiliz tilida ham ta’lim olsihlari mumkin.

O'zbekistonliklar uchun Xitoyda ta'lim

Xitoydagi o’zbek talabalari uchun

Xitoy tilini o’rganish:

Xitoyda o’qish mobaynida, Xitoy tilidagi ko’nimalarni kundalik hayotda yerlik aholi bilan amalda qo’llash kabi ajoyib qulayliklar bor. Xitoyda bir yillik o’qish davomida talabalar Xitoy tilini yuqori darajaga olib chiqib, bemalol muloqot  qila oladilar. Agar talaba Xitoy tilini bilmasa, bizning dasturlarimizga ko’ra, u birinchi navbatda universitetda Xitoy tilini bepul o’rganishi mumkin. Va mutaxassisligi bo’yicha ta’limni davom ettiradi. Ushbu maqolada Xitoyda til o’rganish haqida ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.

Xitoy tilini sifatli o’rganish talabalarga kelajakda ish bilan ta’minlashga yordam beradi. Xitoy va butun dunyodagi xalqaro kompaniyalarda Xitoy tilini bilish va akademik ko’nikmalar qadrlashi sababidan O’zbek talabalari ularda ishlay olishadi.

Ingliz va Xitoy tilini o’rganish boshqa mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida o’qitishga yordam beradi. Xitoy tilining ko’nikmalari Xitoyda foydali bo’ladi, bu yerda siz undan nutq so’zlashda foydalana olasiz.


Ingliz tilida o’qish:

O’zbekiston ingliz tilida so’zlashadigan mamlakat emas. Shuning uchun, eng martabali universitetlar ingilz tili bilimini tasdiqlash talabi — IELTS. Lekin biz mijozlarimiz IELTS olamagan holda ham ta’lim olish uchun ro’yxatdan o’tkazamiz. Talaba ingliz tilida onlayn intervyu yoki universitetga yetib borganda imtihondan o’tadi. Shuni tan olish kerakki, o’zbekistonlik talabalar MDHning boshqa davlatlaridan ko’ra ingliz tilini yaxshi bilishadi. Shuning uchun sizda IELTS bor yoki yo’qligi muhim emas, biz sizni har doim ro’yxatdan o’tkaza olamiz. Ushbu maqolada ko’proq narsani o’qing. Bunga yana keyinroq to’xtalamiz.

Xitoyning Oliy o’quv yurtlarida grant olish uchun talablar

O’zbekistonliklar uchun Xitoyda o’quv yurtlarida grant olish uchun quyidagilar zarur:

  • Sog’lom bo’lsihlik;
  • Yaxshi ta’lim sertifikati;
  • O’z vaqtida taqdim etilgan hujjatlar;
  • Jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi;

Kompaniyamizda ingliz va Xitoy tillarida o’qish uchun grantlar ajratish imkoniyati mavjud. O’zbekistonlik talabalar bilan 2016 yildan buyon kompaniyamiz bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. Berilgan ta’lim grantlari bo’yicha bepul yoki arzon narxlarda o’qish uchun haqiqiy imkoniyat mavjud.

Bizning Kompaniya o’zbekiston bolalaridan taqdim etilayotgan xizmatlar uchun eng kam haq oladi.

Xitoy Oliy o’quv yurtlarida o’zbek bolalarini o’qishga grantlar ajratilinadi. Bolalar mustaqil ravishda universitetni tanlashlari mumkin. Buning uchun ular universitetlarning reytingini ko’rib chiqadilar va geografik joylashuvini, iqlimini o’rganadilar. Har bir ta’lim muassasasining veb-sayti qabul qilish shartlarini ta’riflaydi. Saytning bo’limlarida siz hujjatlar ro’yxatini, ta’lim va turar joy narxlarini topishingiz mumkin.

Iqlimni tanlashda, Janubiy Xitoy deyarli qishsiz ekanligini ta’kidlash kerak. Ammo ba’zan janubda 5 daraja sovuq bo’ladi. Ushbu paytda hamma sovqatgani uchun, bu hududda turar-joylarni isitish ta’minlanadi.

Xitoyda ta’lim 4 oydan 2 semestrga bo’linadi. Semestrlar o’rtasida ikki oylik ta’til beriladi.

O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi samarali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun mamlakatlar bir-birlari bilan uchrashib, hamkorlik qilish, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash haqida o’zaro manfaatli shartnomalrni  imzolamoqda.

 

Xitoy o’zbekistonlik talabalarni yaxshi ko’radi

Xitoyliklar o’zbekistonliklarni mehnatsevarliklarni juda yaxshi ko’radi va qadralshadi, chunki ularning o’zlari ham shunday. Tadbirkorlik fazilati va bilimga bo’lgan xohish talabalarni boshqalardan ajratib turadigan omillardir.

O’zbeklarda Xitoylar yoqtiradigan yana bir xislat – bu tarbiya. Boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar bilan taqqoslaganda o’zbeklar o’qituvchilarga juda hurmat bilan qarashadi. Ko’pincha o’qituvchilarning sevimli kishilariga aylanishadi. Xayrixohlik va mehnatsevarlik talabalarning umumiy fazilatlaridir.

 

Xitoyda o’zbek talabalarining muammolari

Ko’pncha talabalar tejashga harakat qiladi. Hamma ham emas, balki aksariyat talabalar ota-onalarning mablag’larini kitoblarda, oziq-ovqatlardan tejashga harakat qilishadi. Bu noto’g’ri. Chunki, ular pul tejash uchun emas, ilm olish uchun kelishadi. Shunday kichkina muammolar ko’pincha ularni o’qishdan chalg’itadi.

Ta’lim yoki turar joy uchun pul to’lamang. Talabalar uchun turli xil grantlar mavjud. Va universitet talabadan to’lovni undira olmaydigan holatlar ham kam emas. Bunda universitet talabani  o’qishdan chetlatishiga to’g’ri keladi.

Dars qoldirish. Xitoy boshqacha mamlakat. Bu yerda o’qituvchilar qat’iy. Agar darsni o’tkazib yuborsangiz, baholaringiz tushib ketadi. Va qo’shimcha ishlash yoki intizom qoidalarni buzish bilan bog’liq dars qolsirishlar olgan grantingizni yo’qotishga olib boruvchi eng keng tarqalgan omildir.